Ronalduning sobiq termadoshi "Al Nassr" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 12:40
  • 54
  • 30

Klub Serjiu Konseysauni tayinlash masalasini ko'rib chiqmoqda.

Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi Luchano Spalletti rad javobini berganidan so'ng "Milan" sobiq bosh murabbiyi Serjiu Konseysauga murojaat qildi.

"Al Nassr" yozda tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag' sarflashi kutilmoqda. Bunday loyiha, Ronalduning ishtiroki bilan birga, Konseysauni keyingi mavsumda jamoani boshqarish haqida o'ylashga undashi shubhasiz.

Portugaliyalik mutaxassisning so'nggi ish joyi "Milan" bo'lgan. Konseysao jamoani 2024 yilning dekabrida qabul qilib olgan va mavsum oxirida "rossoneri"ni Chempionlar Ligasiga olib chiqolmagani uchun o'z vazifasidan ozod etildi.

Shuningdek, u jamoani Italiya Kubogi finaliga olib chiqdi va "Bolonya"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар