"Inter Mayami" KO‘JCH 2-turida "Portu"ni irodali tarzda mag‘lub etdi - 2:1.
O‘yinda Lionel Messi jarimadan gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Floridaliklar himoyachisi Marselo Veygandt argentinalik futbolchining jamoa uchun ahamiyatini tushuntirdi.
- Leo nafaqat ajoyib futbolchi, balki jamoani birlashtiruvchi inson hamdir. Uning maydondagi harakatlari sehrli, g‘ayrioddiy narsa," - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi turnir matbuot xizmati.
Guruh bosqichining so‘nggi turida Xavyer Maskerano jamoasi "Palmeyras"ga qarshi bahs olib boradi.