O'zFHM "Andijon" – "Qizilqum" o'yinida yuzaga kelgan bahsli vaziyat bo'yicha izoh berdi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2025 11:56
  • 54
  • 30

Superliga 13-turi doirasidagi "Andijon" – "Qizilqum" uchrashuvining 40-daqiqasida "Qizilqum" futbolchisi darvoza tomon zarba berdi. Bu vaziyatda to'p darvoza chizig'i tomon harakatlandi va "Andijon" futbolchisi tomonidan to'xtatildi.

"Bosh hakam yordamchi va VAR bilan holatni ko'rib chiqdi. Yakunda bosh hakam to'p darvoza chizig'ini to'liq kesib o'tmagani uchun ushbu vaziyatda gol inobatga olinmadi.

Ekspert hakamlar guruhi futbol qoidalariga asosan  vaziyatni tahlil qilib chiqdi va to'p to'liq chiziqni kesib o'tmagani sababli, gol inobatga olinmagani to'g'ri qaror ekanligini takidladi", – deyiladi O'zbekiston futbol hakamlari markazi xabarida.

Avvalroq Championat.asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" (Telegram kanali muallifi) "Andijon" – "Qizilqum" uchrashuvidagi epizod bo'yicha fikrini bildirgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar