"Qaldirg'ochlar" penaltilar seriyasida raqibidan ustun keldi va chorak finalga yo'l oldi. Uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor" jamoasi futbolchisi Narimon Ahmadjonov fikrlarini bildirdi.
"O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, qiyin bo'lishini bilardik. Murabbiylarimizni ko'rsatmalarini to'liq bajarishga harakat qildik. Xudoga shukrki, g'alaba qozondik.
Qo'limdan kelgancha harakat qilyapman. Ilyos Zaytullaev ishonch bildiryapti, men esa bor imkoniyatim bilan bu ishonchni oqlashga intilyapman. Xudo xohlasa, "Bunyodkor" bilan chempion bo'lish niyatim bor.
Penaltilar seriyasiga kelsak, bu holat har qanday futbolchining boshida bo'lishi mumkin. Imkon qadar aniq zarba berishga harakat qildim. Ko'rganingizdek, darvozabon joyidan 1 metrcha chiziqdan chiqib ketgan ekan. Bu kabi holatda darvozani ishg'ol qilish oson emas. Keyingi zarbada o'zimga keldim va gol urishga muvaffaq bo'ldim", – dedi Narimon Ahmadjonov.