Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida franciyalik hakam Kleman Tyurpen darvozabonning to'pni birinchi marta ushlab turish vaqtini cheklovchi qoidadan foydalandi.
"F" guruhi 1-turidan o'rin olgan "Ulsan Xyunday" hamda "Mamelodi Sandaunz" (0:1) o'rtasidagi uchrashuvning 83-daqiqasida nominal mehmonlar darvozaboni Ronuen Uilyams to'pni qo'lida juda uzoq ushlab turgani uchun hakam burchak to'pini belgiladi. Bu epizod futbol tarixida ilk bor kuzatildi.
2025 yil mart oyi boshida Futbol associaciyalari xalqaro kengashi (IFAB) ilk marta ushbu mavzuga to'xtalib, yangi qoida taklif qilgandi. Unga ko'ra, agar darvozabon to'pni qo'lida 8 soniyadan ko'p ushlab tursa, raqib jamoa foydasiga burchak zarbas beriladi. Sal kam 1 oyda kengash ushbu qoidani tasdiqladi.