Fabricio Romanoning malum qilishicha, "Komo" "Manchester Yunayted" vingeri bilan so'nggi kunlarda shartnoma imzolashga urinib ko'rgan.
Ammo, futbolchining o'zi o'tgan mavsumda ijara asosida o'ynagan "Betis"ga qaytishni maqsad qilgan. Ingliz klubi futbolchining xohishi haqida biladi, ammo hali ispanlar bilan kelishuvga erishilmagan.