Bugun tongda "Bavariya" va "Boka Xuniors" jamoalari Klublar jahon chempionatining C guruhida 2-tur o‘yinini o‘tkazdi. Uchrashuv nemislarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Argentina jamoasining hujumchisi va ushbu o‘yinda gol urgan Migel Merentiel muxlislarning o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlashi haqida shunday dedi:
"Agar biz Oyga uchganimizda ham, "Boka" muxlislari u yerda bo‘lardi".
Eslatib o‘tamiz, Argentina jamoasi hozirda 1 ochko bilan guruhda 3-o‘rinni egallab turibdi. So‘nggi turda jamoa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin.