KO‘JCH. «Inter» qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

  • Mr.NoBoDy 22.06.2025 04:22
  • 36
  • 30

"Inter" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichida "Urava"ni mag‘lub etdi - 2:1. Uchrashuv Sietldagi "Lyumen Fild" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Yaponiya jamoasi yarim himoyachisi Rema Vatanabe hisobni ochdi. 78-daqiqada Italiya klubi forvardi Lautaro Martines javob to‘pini kiritgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yarim himoyachi Valentin Karboni "qora-ko‘klar"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

"Inter" 2 o‘yinda 4 ochko jamg‘arib, YE guruhida 1-o‘ringa chiqib oldi. "Urava" (0) esa so‘nggi, 4-pog‘onadan joy olgan.

26 iyun kuni "Inter" "River Pleyt"ga qarshi bahs olib borsa, Yaponiya jamoasi "Monterrey" bilan kuch sinashadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar