Braziliyaning "Fluminense" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichida Koreyaning "Ulsan" jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Braziliyaliklar safida Jon Arias, Nonato, Xuan Freytes va Keno o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Koreyaliklarning gollariga Li Jin Xen va Um Von Sam mualliflik qildi.
Ushbu o‘yindan so‘ng "Fluminense" 4 ochko bilan F guruhida birinchi o‘rinda bormoqda, Dortmundning "Borussiya"sida ham shuncha ochko bor. Uchinchi pog‘onadan 3 ochko to‘plagan Janubiy Afrikaning "Mamelodi Sandauns" jamoasi o‘rin olgan. "Ulsan" 4-pog‘onada.