Jamoalar Filadelfiyadagi (Pensilvaniya, AQSH) "Linkoln Faynensheyl Fild" stadionida o'ynashdi. Unda "Yuventus" 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinning 6-daqiqasida "Vidad" himoyachisi Abdulmunaim Butuy o'z darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochdi. 16-daqiqada yarim himoyachi Kenan Yildiz Andrea Kambyazoning uzatmasidan so'ng turinliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Tembinkosi Lorch marokashliklar uchun hisobni qisqartirdi. 69-daqiqada Yildiz dublni rasmiylashtirdi. 90+4-daqiqada Dushan Vlaxovich penaltini aniq amalga oshirib, o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi - 4:1.