YANGILASH
29. Husanov qanotda ancha yaxshi harakat qilmoqda. Husanovning Gyundoganga uzatgan to'piga raqib posboni chiqdi
28. Hisob yirik ko'rinishga kelishi mumkin edi. Biroq Xoland o'z imkoniyatidan foydalana olmadi
27. GOOOOL. "Manchester Siti"ning yangi iqtidori Klaudio Echeverri jarimadan super gol urmoqda. Bu JCHda argentinalik futbolchilar jarimadan ajoyib gollar urishmoqda. Klaudio Echeverri uchun rasmiy debyutdagi ajoyib gol
25. Ogohlantirish. Sabala Nunesga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. Angliya jamoasida ajoyib jarima zarbasi bor
24. Rayan Ait-Nuri qanotda ajoyib harakat qildi va bi nechta futbolchidan o'tib ketdi. Biroq so'nggi soniyalarda yiqilib tushdi. Hakam hech nima bo'lmaganini malum qildi
20. Husanovdan ajoyib diogonal. Qanotdan qanotga to'g'ri uzatmani amalga oshirdi. Hozircha to'liq ustunlik inglizlarda, biroq raqib darvozasiga zarbalar ko'p emas
20. Dastlabki 20 daqiqada asosan Husanov va Nunes qanoti ancha faol. Abduqodir hujumlar tashkil qilishda va raqib maydonchasining ichida ochilishga intilmoqda.
16. Husanov himoyada ishonchli o'ynadi va burchakdan uzatilgan to'pni o'z maydonchasining ichidan chiqarib yubordi
15. Niko maydon markazida qo'pol xatoga qo'ydi. Raqibning xavfli hujumini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi
10. Bugungi uchrashuvda Abduqodir himoyaning o'n qanotida harakat qilmoqda. Yangi mavsumda Gvardiola himoyachimizdan o'n tomondan ko'proq foydalanishni reja qilgan ko'rinadi.
8. GOOOOL. Ilkay Gyundogan hisobni ochmoqda. Ajoyib gol, uchrashuvda hisob ochildi
6. Abduqodir Husanov himoyada ishonchli o'ynadi, uni Rahimi qo'pollik bilan yiqitdi
Uchrashuv boshlandi
Bugun tarixiy kun. Bugun o'zbekistonlik futbolchi tarixda ilk bor klublar o'rtasidagi JCH musobaqasida debyut qildi