"Inter Mayami"ning o'ziga xos futbolchisi bor. Menimcha, u bilan yoshimiz teng. U qanday qilib hali ham shunday o'ynayapti, bilmayman. Biz hamon uning o'yinlarini zavq bilan tomosha qilyapmiz. Messi maydonda bo'lgan har bir lahzani qadrlashimiz kerak deb o'ylayman", – deydi mutaxassis.
Afsonaviy argentinalik futbolchi "Portu"ga qarshi o'yinda (2:1) to'g'ridan-to'g'ri jarima zarbasi orqali jamoasiga g'alaba keltirgan golni urdi.
"Inter Mayami"ning navbatdagi o'yini Braziliyaning "Palmeyras" klubiga qarshi kechadi. Uchrashuv 24 iyun kuni 06:00 da boshlanadi. Har ikki jamoa pley-offga chiqishi uchun durang natija ham kifoya qiladi.