YANGILASH
73. GOOOOL. Ilkay Gyundogandan navbatdagi ajoyib gol. Bernardu Silvadan go'zal uzatma. Hisob 4:0 bo'lmoqda
72. Xolandning zarbasini Eysa qiyinchiliksiz ushlab oldi
70. Abduqodir maydoni tark etdi va "Al Ayn" futbolchilari hujumlar tashkil qilishni boshladi.
63. Xolid Eysadan super seyvlar. Xolandning ikki zarbasini ajoyib tarzda qaytardi
61. Husanov uchun bahs yakunlandi. Gvardiola uning o'rniga Bobbni maydonga tushirdi
61. Nunesh raqib maydonchasining ichida yaxshi harakat qildi va zarba yo'lladi. Uning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi
58. Abduqodir Husanov qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan ogohlantirildi
55. Birinchi bo'limdagi singari ikkinchi bo'limda ham "Manchester Siti" ustunlik qilmoqda
Abduqodir Husanov birinchi bo'limda ancha yaxshi harakat qildi. Sofascore nashri futbolchimizga birinchi bo' limdagi harakatlariga 7,1 baho qo'ygan
46. Klaudio Echeverrining o'rniga Fil Foden maydonga tushdi
Ikkinchi bo'lim boshlandi
Birinchi bo'lim yakunlandi
45+5. GOOOOL. Xoland o'z imkoniyatidan foydalanmoqda
Hakam penalti belgilaganidan so'ng Rayan Ait-Nuri bergan sarig'ini ham bekor qildi
45+2. VAR hakamni monitorga chaqirdi. Hakam monitordagi qo'pollikni ko'rdi va BAA jamoasi darvozasiga penalti belgilamoqda. "Man Siti" birinchi bo'limni yirik hisobdagi g'alaba bilan yakunlashi mumkin
45+2. Ogohlantirish. Rayan Ait-Nuri qarshi hujumni to'xtatishda qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi
45+1. Abduqodir qanotdan hujumga o'tdi va uzatmani amalga oshirdi. Raqib himoyachisi to'pni burchakka chiqarib yubordi
45. Abduoqdir Husanovdan taktik qo'pollik. Raqibning qarshi hujumini to'xtatdi
41. Abduqodir Husanov hujumda qo'pollik ishlatdi
40. Xolandda yana bir imkoniyat. Norvegiyalik hujumchi darvozabon bilan birga bir chiqdi va zarba yo'lladi. Zarbaga ozgina aniqlik etishmadi
34. Husanov himoyada yana yaxshi harakat qildi. Raqibning uzatmasini Abduqodir qaytarmoqda
32. Burchakdan uzatilgan to'pga Gvardiol boshi bilan zarba yo'lladi. To'p ustunga tegdi. Qaytgan to'pni esa Husanov va Akanji birgalikda zarba yo'llashdi. Biroq zarbaga aniqlik etishmadi
29. Husanov qanotda ancha yaxshi harakat qilmoqda. Husanovning Gyundoganga uzatgan to'piga raqib posboni chiqdi
28. Hisob yirik ko'rinishga kelishi mumkin edi. Biroq Xoland o'z imkoniyatidan foydalana olmadi
27. GOOOOL. "Manchester Siti"ning yangi iqtidori Klaudio Echeverri jarimadan super gol urmoqda. Bu JCHda argentinalik futbolchilar jarimadan ajoyib gollar urishmoqda. Klaudio Echeverri uchun rasmiy debyutdagi ajoyib gol
25. Ogohlantirish. Sabala Nunesga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. Angliya jamoasida ajoyib jarima zarbasi bor
24. Rayan Ait-Nuri qanotda ajoyib harakat qildi va bi nechta futbolchidan o'tib ketdi. Biroq so'nggi soniyalarda yiqilib tushdi. Hakam hech nima bo'lmaganini malum qildi
20. Husanovdan ajoyib diogonal. Qanotdan qanotga to'g'ri uzatmani amalga oshirdi. Hozircha to'liq ustunlik inglizlarda, biroq raqib darvozasiga zarbalar ko'p emas
20. Dastlabki 20 daqiqada asosan Husanov va Nunes qanoti ancha faol. Abduqodir hujumlar tashkil qilishda va raqib maydonchasining ichida ochilishga intilmoqda.
16. Husanov himoyada ishonchli o'ynadi va burchakdan uzatilgan to'pni o'z maydonchasining ichidan chiqarib yubordi
15. Niko maydon markazida qo'pol xatoga qo'ydi. Raqibning xavfli hujumini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi
10. Bugungi uchrashuvda Abduqodir himoyaning o'n qanotida harakat qilmoqda. Yangi mavsumda Gvardiola himoyachimizdan o'n tomondan ko'proq foydalanishni reja qilgan ko'rinadi.
8. GOOOOL. Ilkay Gyundogan hisobni ochmoqda. Ajoyib gol, uchrashuvda hisob ochildi
6. Abduqodir Husanov himoyada ishonchli o'ynadi, uni Rahimi qo'pollik bilan yiqitdi
Uchrashuv boshlandi
Bugun tarixiy kun. Bugun o'zbekistonlik futbolchi tarixda ilk bor klublar o'rtasidagi JCH musobaqasida debyut qildi