O'zbek futbolchi uchun tarixiy kunda "Manchester Siti" "Al Ayn"ni juda yirik hisobda mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 23.06.2025 08:00
  • 27
  • 30

Klublar o'rtasidagi JCHning 2-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Al Ayn" uchrashuvi yakunlandi.

Match-senterda ochish


Ushbu bahsda Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 61-daqiqada zaxiraga olindi. Bahs davomida hamyurtimiz sariq kartochka ham oldi. Husanov o'zbekistonliklar orasida klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etgan ilk futbolchi bo'ldi.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90. Xoland Fodenga ajoyib uzatma berdi. Biroq Filning zarbasini Eysa qiyinchilik bilan qaytarmoqda

89. GOOOL. Rayan Sherki uzoqdan ajoyib zarba yo'lladi, Eysa bu safar ham jamoasiga yordam bera olmadi

84. GOOOOL. Bobb ajoyib zarba yo'lladi va hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirmoqda

82. Abduqodirning o'yniga maydonga tushgan Bobb bir nechta xatolarga yo'l qo'ymoqda 

81. BAA jamoasining navbatdagi hujumi noaniq zarba bilan yakunlandi

78. Yana Xoland. Yana Eysa. Norvegiyalik hujumchining zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi



73. GOOOOL. Ilkay Gyundogandan navbatdagi ajoyib gol. Bernardu Silvadan go'zal uzatma. Hisob 4:0 bo'lmoqda

72. Xolandning zarbasini Eysa qiyinchiliksiz ushlab oldi

70. Abduqodir maydoni tark etdi va "Al Ayn" futbolchilari hujumlar tashkil qilishni boshladi.

63. Xolid Eysadan super seyvlar. Xolandning ikki zarbasini ajoyib tarzda qaytardi

61. Husanov uchun bahs yakunlandi. Gvardiola uning o'rniga Bobbni maydonga tushirdi

61. Nunesh raqib maydonchasining ichida yaxshi harakat qildi va zarba yo'lladi. Uning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

58. Abduqodir Husanov qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan ogohlantirildi

55. Birinchi bo'limdagi singari ikkinchi bo'limda ham "Manchester Siti" ustunlik qilmoqda

Abduqodir Husanov birinchi bo'limda ancha yaxshi harakat qildi. Sofascore nashri futbolchimizga birinchi bo' limdagi harakatlariga 7,1 baho qo'ygan

46. Klaudio Echeverrining o'rniga Fil Foden maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+5. GOOOOL. Xoland o'z imkoniyatidan foydalanmoqda

Hakam penalti belgilaganidan so'ng Rayan Ait-Nuri bergan sarig'ini ham bekor qildi

45+2. VAR hakamni monitorga chaqirdi. Hakam monitordagi qo'pollikni ko'rdi va BAA jamoasi darvozasiga penalti belgilamoqda. "Man Siti" birinchi bo'limni yirik hisobdagi g'alaba bilan yakunlashi mumkin

45+2. Ogohlantirish. Rayan Ait-Nuri qarshi hujumni to'xtatishda qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

45+1. Abduqodir qanotdan hujumga o'tdi va uzatmani amalga oshirdi. Raqib himoyachisi to'pni burchakka chiqarib yubordi

45. Abduoqdir Husanovdan taktik qo'pollik. Raqibning qarshi hujumini to'xtatdi

41. Abduqodir Husanov hujumda qo'pollik ishlatdi

40. Xolandda yana bir imkoniyat. Norvegiyalik hujumchi darvozabon bilan birga bir chiqdi va zarba yo'lladi. Zarbaga ozgina aniqlik etishmadi

34. Husanov himoyada yana yaxshi harakat qildi. Raqibning uzatmasini Abduqodir qaytarmoqda

32. Burchakdan uzatilgan to'pga Gvardiol boshi bilan zarba yo'lladi. To'p ustunga tegdi. Qaytgan to'pni esa Husanov va Akanji birgalikda zarba yo'llashdi. Biroq zarbaga aniqlik etishmadi

29. Husanov qanotda ancha yaxshi harakat qilmoqda. Husanovning Gyundoganga uzatgan to'piga raqib posboni chiqdi

28. Hisob yirik ko'rinishga kelishi mumkin edi. Biroq Xoland o'z imkoniyatidan foydalana olmadi



27. GOOOOL. "Manchester Siti"ning yangi iqtidori Klaudio Echeverri jarimadan super gol urmoqda. Bu JCHda argentinalik futbolchilar jarimadan ajoyib gollar urishmoqda. Klaudio Echeverri uchun rasmiy debyutdagi ajoyib gol

25. Ogohlantirish. Sabala Nunesga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. Angliya jamoasida ajoyib jarima zarbasi bor

24. Rayan Ait-Nuri qanotda ajoyib harakat qildi va bi nechta futbolchidan o'tib ketdi. Biroq so'nggi soniyalarda yiqilib tushdi. Hakam hech nima bo'lmaganini malum qildi


20. Husanovdan ajoyib diogonal. Qanotdan qanotga to'g'ri uzatmani amalga oshirdi. Hozircha to'liq ustunlik inglizlarda, biroq raqib darvozasiga zarbalar ko'p emas

20. Dastlabki 20 daqiqada asosan Husanov va Nunes qanoti ancha faol. Abduqodir hujumlar tashkil qilishda va raqib maydonchasining ichida ochilishga intilmoqda.

16. Husanov himoyada ishonchli o'ynadi va burchakdan uzatilgan to'pni o'z maydonchasining ichidan chiqarib yubordi

15. Niko maydon markazida qo'pol xatoga qo'ydi. Raqibning xavfli hujumini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi

10. Bugungi uchrashuvda Abduqodir himoyaning o'n qanotida harakat qilmoqda. Yangi mavsumda Gvardiola himoyachimizdan o'n tomondan ko'proq foydalanishni reja qilgan ko'rinadi.

8. GOOOOL. Ilkay Gyundogan hisobni ochmoqda. Ajoyib gol, uchrashuvda hisob ochildi

6. Abduqodir Husanov himoyada ishonchli o'ynadi, uni Rahimi qo'pollik bilan yiqitdi

Uchrashuv boshlandi

Bugun tarixiy kun. Bugun o'zbekistonlik futbolchi tarixda ilk bor klublar o'rtasidagi JCH musobaqasida debyut qildi


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar