Lukaku: "Ronaldu kabi 40 yoshgacha o'ynashni xohlardim"

  • Mr.NoBoDy 24.06.2025 18:08
  • 42
  • 30

"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini imkon qadar uzoq davom ettirmoqchi.

"Krishtianu Ronaldu kabi 40 yoshgacha o'ynashni xohlaysizmi?", degan savolga futbolchi shunday javob berdi:

"Umuman olganda, ha. Men futbolni juda yaxshi ko'raman. Shuning uchun uyda juda ko'p sport anjomlarim bor. Mashg'ulotlar orqali yanada ko'proq o'ynash imkoniyatiga ega bo'laman. Agar sizda kerakli ishtiyoq bo'lsa va o'zingizga g'amxo'rlik qilsangiz, uzoq vaqt o'ynashingiz mumkin. Bir kun kelib vaqt o'z so'zini aytadi, ammo men bajarishim kerak bo'lgan vazifani bajaryapman", – dedi Lukaku.

32 yoshli forvard ilgari bergan intervyusida  Angliyadagi o'yinlari davomida uni dangasa deb hisoblashganini aytgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar