Asror Aliqulov: "Kubokka davogar jamoani musobaqadan chiqarib yubordik. "Neftchi"ning uslubiga tayyor edik"

  • Mr.NoBoDy 25.06.2025 00:08
  • 39
  • 30

O'zbekiston kubogi 1/8 bosqichidan o'rin olgan "Neftchi" va "Mashal" o'rtasidagi o'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'yin haqida

– Bugun ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qilgandik. "Neftchi"ning uslubiga mos o'yin ko'rsatdik. To'p nazoratini birinchi o'ringa qo'ydik. "Neftchi"ni bosim qilishga undab, keyin o'z o'yinimizni ko'rsatishni reja qilgandik. O'ylagan barcha rejamiz har safar ham o'xshayvermadi. O'yin oxirida ko'proq himoyalandik. "Neftchi" kubok g'olibligiga davogar edik. Biz esa bu klubni musobaqadan chiqarib yubordik.

– Uchrashuv qaydnomasidan jamoaning asosiy o'yinchilari joy olmadi. Lekin ular stadionga kelishdi. Ularning olib kelinganini sababi nima edi?

– Keyingi o'yinimiz "Navbahor"ga qarshi. Shu sababli butun jamoani o'zimiz bilan olib keldik. Vodiyda qolamiz keyingi o'yinga qadar. Qo'qonda tayyorgarlik olib bormoqchimiz.

– "Neftchi"ga bugun nima etishmadi?

– Raqib jamoa o'ziga xos hujum qildi. Ikkita kenglikda o'ynovchi futbolchi. Qanotlardan paslar, qaysidir holatda yuqoridan pas. Ikkinchi tempda hujum qilish. "Neftchi"ning bu uslubiga tayyorgarlik ko'rgan edik. Har bir vaziyatda 100% ularni zararsizlantira olmagan bo'lsak ham, yakunda gol urishga imkoniyat qoldirmadik. Jamoamiz himoya chizig'i yaxshi harakat qildi deya olaman. "Neftchi"da bizni mensimaslik holati bo'lgan yoki yo'q, buni bilmayman. Uzun paslarga biz tayyor edik. 

Gol bo'lgan vaziyatda standart holatda ikki futbolchimiz o'z joyini o'zgartirdi. To'p uzatish ham yaxshi chiqdi. Bu oldindan o'ylangan reja edi.  

 O'zbekiston kubogi navbatdagi bosqichida kim raqib bo'lishini istagan bo'lardingiz?

– Biz har bir o'yinga alohida tayyorgarlik ko'ryapmiz. Keyingi raqib kimligini bilganimizdan so'ng shunga qarab ish qilamiz.

– Davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirish rejada bormi?

– Rejada bor, albatta.

– Jamoa o'yinga tushishidan oldin reja qanday edi? Goldan so'ng taktikada o'zgarish bo'ldimi?

– Biz ikkinchi jamoa bo'lib o'ynash niyatimiz yo'q edi. O'yinni yaxshi boshladik. Uchrashuv boshida biroz asabiylashdik. Bunga sabab o'yin boshida "Neftchi" ikkita hujumchi bilan bizga bosim qilyapti. Bizning to'rt himoyachi va darvozabonimiz esa asosan uzun to'plar bilan o'ynashdi. Uzun to'plar ko'p holatda to'p yo'qotishga olib keladi. Bu o'yinda himoyalanishimiz aniq edi. Qaysidir holatlarda biz bosim qildik, bazida himoyalandik. Qarshi hujum degan reja yo'q edi. Golni biz urdik, agar "Neftchi" gol urganda boshqacha bo'lishi mumkin edi. Bizda charchoq kuchli edi. Tezlik borasida ham bu sezildi. "Neftchi"da yaxshi futbolchilar yig'ilgan.

– Asror Aliqulov boshchiligida "Mashal" Pro ligada ha shu bosqichga etib kelgan. Sizda bitta o'yinga yaxshi tayyorlanish bo'yicha malaka borga o'xshadi...

– "Neftchi"ga tayyorlandagdik. Har safar ham bu o'xshashiga kafolat yo'q. Ayrim holatlarda biz o'ylagan reja ish beradi, bazida esa yo'q. Bitta o'yinda g'alaba qozondik degani, bo'ldi degani emas. Biz kurashishda davom etamiz. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar