– O'yin haqida
– "Mashal"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun hududiy jihatdan katta ustunlikka ega bo'ldik, ammo buni natijada aks ettira olmadik. Kamdan kam kuzatiladigan holatda gol o'tkazdik – standard vaziyatda keraklicha koncentraciyani ushlay olmadik. Yigitlarga etiroz bildira olmayman. Ular yaxshi harakat qilishdi, ammo realizaciya muammo bo'ldi.
– Jamoani ichida qandaydir ommadan yashirilayotgan holatlar borga o'xshamoqda. Eldor Suyunov birdan yo'qolib qoldi. Zoran Marushich yo'q, Farrux Sayfiev yo'q. Shu holatga yaxshiroq izoh bersangiz? Ularning jarohatda emasligini bilamiz...
– Kim nimani berkityapti? Suyunovda jarohat bor, u operaciya qilindi va Toshkentda tiklanmoqda. Sayfiev ham terma jamoadan jarohat bilan keldi, Marushichda ham tiklanish jarayoni. Muammolar, jarohatlar bor. Hech nimani berkitmayapmiz, istalgan savolingiz bo'lsa, men javob beraman.
– Biz "Neftchi"ning matbuot anjumanlariga kirmay qo'ygandik. Chunki bizga "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan keyin murabbiylar shtabi tomonidan bosim bo'lgan. Shtab bizning tanqidlarimizni to'g'ri qabul qila olmagan. Bugun ham kirmoqchi emas edik, ammo bugun biz o'z tanqidlarimiz qanchalik to'g'ri bo'lganini isboti bilan ko'rib turibmiz. Farg'onalik muxlislar "Neftchi"ning ertangi kuni qanday bo'lishiga qiziqishmoqda. Men aynan shu savolni murabbiydan so'ramoqchiman.
– Bosim aynan kim tomonidan bo'lgandi? Menmi?
– Darvozabonlar murabbiyi Farrux Berdiev va sizning yordamchi murabbiyingiz tomonidan bizga bosim bo'lgan.
– "Neftchi"ning kelajagi yaxshi bo'ladi. Hammasi joyida.
– "Qizilqum" va "Dinamo"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonsak, birinchi davrani yaxshi yakunlashimiz mumkin. Shuni hisobga olgan holda "Neftchi"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
– G'alaba uchun boramiz bu o'yinlarga. Hozir esa tiklanish kerak. "Buxoro" va "Mashal" bilan qiyin o'yinlar o'tkazdik. Vaqt kam, xatolar ustida ishlash, tiklanish kerak. Bugun golga individual xato sabab bo'ldi, ammo o'yinda yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Bizning hozirgi maqsadimiz – tiklanish.
– "Neftchi" tarkibida nomdor futbolchilar bor, ammo ular o'z darajalarida o'ynay olmayapti. Bunga sabab nima?
– O'yinchilar borasida gapirsak, tarkibga endigina qaytgan o'yinchilar bor. Yovovich birinchi o'yiniga qadar bor yo'g'i 1-2 kun mashg'ulot olib bordi. Bugun u maydonga tushdi, u jismoniy holatini tiklashi kerak. Menga shu holatda bo'lgan bazi o'yinchilarni maydonga tushirmaysiz deb aytasiz. Mashg'ulotlar jarayonida ular formalarini tiklab olishadi. Bizdagi bazi o'yinchilar uchrashuvlar davomida katta energiya sarflashadi, ularning tiklanishiga vaqt kerak bo'ladi. Bundan tashqari, yosh masalasi ham bu o'rinda muhim. Shunga o'xshash muammolar bizda bor. Hozir havo ham juda issiq. Men bu faktorlarni bahona sifatida ishlatmoqchi emasman. Men shunchaki vaziyatga to'g'ri baho berishingizni xohlayman.
– "Neftchi" chempionat boshida muxlislar tashrifi bo'yicha yuqori o'rinlarda edi. Hozir esa ko'rsatilayotgan natija va o'yin sifati sababli muxlislar oqimi borgan sari kamayib bormoqda. "Neftchi"dan kelajakda nima kutishimiz mumkin? Chempionatda doim yuqori o'ringa kurashamiz deb vada beriladi. Jamoaga pul tikilmoqda, o'yinchilar ko'ngildagidek. O'zbekistonning eng kuchli tarkibi bilan natija ko'rsata olmayapmiz. Muxlislar tomonidan bildirilgan etorozlarga esa klub tomonidan javob berilmayapti. Bugun ham muxlislarning etirozlariga guvoh bo'ldik. Bu masalalarga janob Levchenko qanday javob beradi?
– "Neftchi" chempionlik uchun kurashmoqda. Har bir jamoada qiyin vaziyatlar bo'ladi. Ko'tarilish va tushish bo'lishi tabiiy. Shunchaki ishlashda davom etish lozim. Optimizmsiz oldinga intilib bo'lmaydi. Bitta uchrashuvga qarab fikr chiqarish noto'g'ri. Masofa uzoq, chempionat davomida ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin. Har bir jamoa nima uchundir kurashmoqda. Bugun "Mashal" rotaciya qildi va o'yinda g'alaba qozondi.
– Jamshid Iskanderovni ikkinchi bo'lim boshida almashtirib yuborishingizga sabab nima? U o'yining kerakli vaziyatlarida masalani hal qilishi bilan ajralib turadi. Bugun esa Jamshidni ikkinchi bo'lim boshida almashtirib yuborilmoqda, ikkinchi bo'limda esa juda ko'p vaziyatlarda Iskanderov kabi o'yinchilar etishmayapti. Bu qarorning sababi nima?
– Biz oldingi chiziqni kuchaytirmoqchi bo'ldik. G'iyosovda tezlik bor. U oldingi shiddat qo'shishi reja qilindi. Unda ajoyib vaziyat ham bo'ldi. Iskanderovga kelsak, u boshqacharoq tipdagi o'yinchi. Biz o'yinga agressiya qo'shmoqchi edik. O'yinchi bu vaziyatlardan foydalanadimi yo'qmi bu boshqa masala. Muhammadali o'z vaziyatdan foydalanib ketishi mumkin edi.
– Tabatadze va Marushich tekinga o'ynamaydi. Lekin ularning o'yini umuman qovushmayapti. Ikkinchi davrada hujumni kuchaytirish reja qilinyaptimi?
– Keling, avval birinchi davrani tugatib olaylik. Uyog'iga ko'ramiz.