Kecha Franciya milliy nazorat va boshqaruv direkciyasi (DNSG) yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda “Lion“ jamoa rahbari Jon Tektsor ham ishtirok etdi. Yig'ilishda “Lion“ rahbarining taqdim etgan malumotlari ko'rib chiqildi va komissiya azolari tomonidan maqullanmaganidan so'ng jamoa quyi ligaga “badarg'a“ qilindi.
Endi “Lion“ apellyaciya berish imkoniyatiga ega. Agarda apellyaciyada ham ijobiy natija qayd etilmasa, jamoa yangi mavsumni Liga 2 musobaqasida o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, “Lion“ o'tgan mavsum Liga 2 turnirida 6-o'rinni egallab, Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Malumotlarga qaraganda, jamoani hozirda 500 million evrodan ortiq qarzi bor.