"Arsenal", "Chelsi" va "Bavariya" Barkolyani sotib olish uchun kurash olib bormoqda

  • Mr.NoBoDy 25.06.2025 00:56
  • 39
  • 30

Evropaning uchta nufuzli klubi PSJning vingeri Bredli Barkolyaga qiziqish bildirmoqda.

L’Equipe nashrining xabar berishicha, "Arsenal", "Chelsi" va "Bavariya" 22 yoshli francuz futbolchisining o'tishi uchun "jozibali takliflar" bergan.

Biroq Barkolyaning o'zi Parij klubini tark etishni xohlamayapti. Shuningdek, murabbiy Luis Enrike ham uning ketishiga qarshi. Biroq, futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar futbolchi uchun kurashni to'xtatmoqchi emas. 

Yakunlangan Liga 1 mavsumida Barkol 34 ta o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol urgan va 10 ta gol uzatmasini bergan. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar