“Krasnodar“ futbolchisiga MYU va PSJ qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy 25.06.2025 10:00
  • 48
  • 30

“Krasnodar“ sardori Eduard Spercyan faoliyatini TOP ligalarning birida davom ettirishi mumkin.

Unga “Manchester Yunayted“ va PSJ qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Transfer feed xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mankunianliklar Spercyanni Saudiya Arabistoni klublari qiziqayotgan Bruno Fernandesning o'rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko'rmoqda.

Oldinroq, “buqallar“ tarbiyalanuvchisiga “Lids“, “Lans“ va “Portu“ klublari qiziqayotgani xabar qilingandi.

O'tgan mavsumda 25 yoshli Eduard Spercyan “Krasnodar” safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 25 million evroga baholamoqda.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar