Fabricio Romano malumotlariga ko'ra, "kanonirlar" "Chelsi" darvozaboni shartnomasida ko'rsatilgan 5 million funtlik tovon puli bandini faollashtirgan. Kelishuv bo'yicha barcha hujjatlar tayyor.
Kepa Arrisabalaga "Arsenal"ning ikkinchi raqamli darvozaboni bo'lishi kutilmoqda. Jamoaning asosiy darvozaboni David Rayya bo'lib qoladi.
2024/25 mavsumda Kepa "Bornmut"da ijara asosida o'ynadi. U APLda 31 ta o'yin o'tkazib, 39 ta gol o'tkazib yubordi.