Siqilma mehmondir tanangda bu jon ham... O'zbekiston kubogida nimalar bo'lmoqda?

  • Mr.NoBoDy 26.06.2025 18:16
  • 57
  • 30

"Paxtakor" va "Navbahor" ehtiyot bo'lsin.

O'zbekiston kubogi nimchorak finali doirasidagi o'yinlar davom ettirilmoqda.

Bunga qadar 8 ta uchrashuvning 6 tasi ortda qoldi. 2 iyul kuni so'nggi ikki chorak finalchi malum bo'ladi.

Bu yilgi musobaqada favorit deb hisoblangan jamoalar muddatdan avval kubok uchun kurashda chiqishi bilan yodda qolmoqda.

Kubokning amaldagi sohibi "Andijon" klubi guruh bosqichidayoq o'z yurishini to'xtatdi. "Lochin"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin hattoki "Andijon" ustozi Aleksandr Xomyakov istefoga chiqarildi.

"Burgutlar" bilan bir guruhda bo'lgan Termizning "Surxon" klubi ham "Lochin"ga yutqazib qo'ydi va keyingi bosqichga chiqa olmadi. Yodingizda bo'lsa o'tgan yil "Surxon" kubok yarim finalga qadar etib borgan va penaltilar seriyasidagina "Andijon"ga yutqazib qo'ygandi.




Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" esa "Paxtakor" va OKMK joy olgan "o'lim guruhi"dan chiqa olmadi. Shu tariqa, Qarshi klubi ketma-ket ikkinchi yil guruhda qolib ketdi.

Nimchorak finalda eng kuchli tarkibga ega bo'lgan "Neftchi" o'z maydonida Muborakning "Mashal" klubiga sensacion tarzda yutqazib qo'ydi va ketma-ket 8-mavsum chorak finalga chiqa olmadi.

2018 yilgi mamlakat kubogi sohibi Olmaliqning OKMK klubi kecha o'z stadionida "Buxoro"ga qarshi maydonga tushdi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qizig'i aynan "Buxoro" Qosimov shogirdlarini o'tgan yil guruh bosqichida qolib ketishlariga sabab bo'lgandi.




Oldinda nimchorak finalning yana ikkita uchrashuvi bor: "Paxtakor" - "Olimpik MobiUZ" va "Xorazm" - "Navbahor".

Xo'sh, sizningcha o'yinlarda qaysi klublar favorit?

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar