"Buxoro" murabbiyi reglamentni buzdi, "Dinamo" VAR mashinasi turgan joyda xavfsizlikni taminlay olmadi, "Navbahor" o'yin davomida to'plarni yashirib qo'ydi - Liga komissarlari bildirgisi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2025 18:40
  • 42
  • 30

19-23 iyun kunlari Superligada 13-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

PFL matbuot xizmati Liga komissarlarining Superliga 13-turiga doir bildirgisidan ko'chirmani taqdim etdi.

"Neftchi" 1:0 "Buxoro"

"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev qizil kartochka olganidan so'ng uchrashuv komissari mehmon jamoaga matbuot anjumanida qaydnomada ko'rsatilgan murabbiy qatnashishi kerakligini malum qilgan. Biroq o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Buxoro" nomidan qaydnomada bo'lmagan murabbiy – Mixail Eremchuk ishtirok etgan. 

Bundan tashqari, Mixail Eremchuk matbuot anjumani davomida hakamning faoliyatiga qator etirozlar bildirgan. Biroq "Buxoro" jamoasi uchrashuvdan so'ng hakamning faoliyati bo'yicha hech qanday rasmiy etiroz kiritmagan va bu orqali "Superliga va Proliga reglamenti"ning 23.11 bandini buzgan.

"Buxoro" klubining ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.


"Dinamo" 0:3 "Bunyodkor"

"Dinamo" klubi uchrashuv komissarining bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, VAR mashinasi turgan joy, futbolchi va uchrashuv rasmiylari kirib-chiquvchi hududlarda xavfsizlikni taminlay olmagan, bu orqali "Superliga va Proliga reglamenti"ning 15.5 va 15.9 bandlari buzilgan.

"Dinamo" klubining ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.


"Navbahor" 3:0 "OKMK"

"Navbahor" jamoasi uchrashuvda faoliyat olib borayotgan fotosuratchi va to'p olib kelib beruvchi bolalarni etarlicha o'rindiq bilan taminlay olmagan.

Shuningdek, uchrashuvni yakunlovchi hushtak chalinganidan so'ng maydonga tegishli ruxsatnomasi yo'q shaxslar tushib kelgan. Bu shaxslar jamoalarning kiyinish xonasi yonigacha etib borib, tegishli xodimlarining talablariga bo'ysunmay, ularga qarshilik ko'rsatgan.

Stadiondagi to'p olib beruvchi bolalar tomonidan o'yin davomida mehmon jamoaga to'p uzatmaslik va uni yashirib qo'yish holatlari kuzatilgan. "Navbahor" klubi mamurlariga bu bo'yicha ogohlantirish berilganidan so'ng ham holat davom etgan. 

Yuqoridagi holatlar oqibatida "Superliga va Proliga reglamenti"ning 15.5, 15.9, 15.11 va 15.14 bandlari buzilgan.

Bundan tashqari, "Navbahor" futbolchilari ogohlantirishlarga qaramay, mikst-zona orqali harakatlanmasdan, stadionni boshqa yo'l bilan tark etgan. Bu orqali "Superliga va Proliga reglamenti"ning 18.7 bandiga amal qilinmagan.

"Navbahor" klubining ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar