24 yoshli Xoland faoliyatidagi 300-golni urdi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2025 05:22
  • 27
  • 30

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh o‘yinida "Yuventus" (5:2) darvozasiga gol kiritdi.

Bu 24 yoshli norvegiyalik futbolchi uchun faoliyatidagi 300-gol bo‘ldi. Hujumchi "Manchester Siti" safida 145 ta o‘yinda 123 ta, "Borussiya" Dortmund safida 89 ta o‘yinda 86 ta, "Molde" safida 50 ta o‘yinda 20 ta, "Zalsburg" safida 27 ta o‘yinda 29 ta gol urgan. Norvegiya terma jamoasi safida u 43 ta o‘yinda 42 ta gol urgan.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xoland 25 va 27 yoshida dastlabki 300 ta golni urgan Lionel Messi ("Inter Mayami") va Krishtianu Ronalduni ("An-Nasr") ortda qoldirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar