"Yuventus" - "Manchester Siti" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2025 05:55
  • 42
  • 30

"Manchester Siti" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan "Yuventus"ga qarshi bahsda yirik hisobda g‘alabaga erishdi (5:2).

Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sovrini Angliya grandining vingeri Jeremi Dokuga nasib etdi. Belgiyalik nafaqat gol urdi, balki yettita muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirdi (eng ko‘p) va jami 15 ta dueldan 11 tasida g‘alaba qozondi.

"Manchester Siti" to‘qqiz ochko bilan guruhda birinchi, "Yuventus" olti ochko bilan ikkinchi bo‘ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar