- Futbol 90-daqiqadan keyin ham o'ynaladi. Oxirigacha kuchni berish kerak edi. Himoyada pala-partishlik ro'y berdi. Bundan hulosa chiqaramiz degan umiddaman.
- Zaxiraga olinganingizdan keyin jaxlingiz chiqqandek ko'rindi. Bunga sabab nimada?
- "Paxtakor" yaxshi jamoa, futbolchilarida tajriba juda katta. Bunday o'yinlarda har bir futbolchi o'ynagisi keladi. Ko'proq o'ynashni istagandim.
- Sizning ijroingizda uzoq masofadan gollar ko'rmay qo'ydik.
- Hozirgacha 14ta o'yin o'tkazgan bo'lsak, bularning barchasida chap qanot himoyasida o'ynadim. Hali o'z poziciyamda o'ynamadim. Agarda o'z joyimda o'ynasam, shunday gollar bo'lib qolar.
- "Nasaf" uchun eng qiyin raqib qaysi jamoa?
- Har bir o'yin qiyin bo'lmoqda. Bizning maydonimizda bo'ladigan o'yinlarda raqiblar himoyada o'ynaydi. "Paxtakor" ham bugungi o'yinga o'ziga yarasha tayyorgarlik ko'rgan. O'tgan hamma o'yinning o'ziga yarasha qiyinchiligi bo'ldi deb o'ylayman.