Unga ko'ra, CAFA tashkilotiga azo O'zbekiston, Eron, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Afg'oniston, Turkmaniston termalaridan tashqari mehmon sifatida Malayziya va O'mon Respublikasi termalari ham "CAFA Nations Cup-2025" turnirida qatnashadi.
Qura marosimi 3 iyul kuni Dushanbeda tashkillashtiriladi. Turnir ikki guruhga ko'ra o'tkaziladi. A guruhi o'yinlari O'zbekistonda bo'lsa, B guruhi bahslariga Tojikiston mezbonlik qiladi.
Musobaqa 29 avgustda boshlanib, 8 sentyabrgacha davom etadi.