- Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga rahmat aytamiz. Biz uch ochko uchun o'ynagandik. Endi hammasi Allohdan. Biz g'alaba uchun harakat qildik, keyingi o'yinlarda yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz. "Paxtakor" yaxshi jamoa ekanligini yaxshi bilamiz. Ulardan kuchli qarshilik kutgandik.
Terma jamoaga qaytishni istayman. Bu yurt hammamizniki. Hamma futbolchilar termada o'ynashni istaydi. Gollarni jamoamga yordam berish uchun uryapman. Bu hujumchilik vazifam. Klub bilan shartnomam bor, qaergadir ketishni o'ylaganim yo'q.
Golni shunday nishonlashni yoqtiraman va shu sababli shunday nishonlayman.
Bugun himoyada chalkashliklar bo'ldi deb o'ylayman. Keyingi o'yinlarda yaxshiroq harakat qilamiz. Xotirjamlikka berilmagandik. Hamma yaxshi o'ynayotgandi. "Paxtakor" futbolchilari ham g'alabaga, gollar urishga harakat qilishdi va ularning omadi keldi deb o'ylayman. 100-o'yinga keladigan bo'lsak, buni Sizlardan eshitdim. Malumot uchun rahmat, "Nasaf"dan sovg'a kutamiz.