Oldinroq "Bavariya" 23 yoshli hujumchi bilan shartnoma borasida og'zaki kelishib olgani borasida malumotlar tarqagandi. Futbolchining o'zi ham Myunxen jamoasida o'ynashni istamoqda.
"Kicker" malumotiga tayanadigan bo'lsak, "Shtutgart" futbolchisini 100 millione evrodan kamiga sotmoqchi emas. Myunxen klubi rahbariyati esa forvardni 50 mln evroga baholagan. Voltemadening shartnomasida tovon puli ko'rsatilmagan.
"Bavariya" Voltemadeni Xarri Keyn bilan sheriklikda o'ynatishni reja qilmoqda. Biroq futbolchi uchun 50-60 mln evrodan ko'p to'lamoqchi emas.
Yakunlangan mavsumda Nik Bundesliganing 28 o'yinida 12 gol urdi.