"Rossoneri" "Torino" bilan futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. 23 yoshli xavbek uchun "Milan" Turin klubiga 23+2 mln evro to'laydi.
Tomonlar transfer ishlarini kelasi haftada yakunlaydi. Richchi tez orada "Milan"ga borib qo'shiladi.
Yakunlangan mavsumda Richchi A Seriyada 34 o'yinda 1tadan gol va assist qayd etdi.