Italiya klubi ushbu futbolchilar bilan ijara muddatini uzaytirmadi va sotib olmaydigan bo'ldi.
Feliks fevral oyida "Chelsi"dan ijaraga olingandi. Shu davr mobaynida u 21 o'yinda 3 gol va 1 assist qayd etdi.
Uoker ham qishda ijaraga olingandi. "Manchester Siti"ga tegishli futbolchi A Seriyaning 11 o'yinida qatnashdi va 1ta sariq kartochka ishlab oldi.
Sottil "Fiorentina"dan ijaraga olindi. 26 yoshli yarim himoyachi 8 o'yinda qatnashdi, biroq sermahsullik qayd eta olmadi.