Luis Enrike: "Inter Mayami"ning darajasi umuman boshqacha"

  • Mr.NoBoDy 29.06.2025 13:48
  • 51
  • 30

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikening fikricha, jamoasining "Inter Mayami"ga qarshi o'yini bosimga boy bo'ladi.

Bugun jamoalar klublar o'rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalida o'zaro kuch sinashadi. Bahs 21:00da start oladi.

"Futbolda istalgan odam 10 soniyaga bo'shashsa, albatta, jazosini oladi. Raqibning hozirgi darajasi, sifatiga shubxa bilan qaramayman. "Inter Mayami"ning guruhdagi uch o'yinini kuzatdim, ularning darajasi umuman boshqacha.

Agarda ularga prssing uyushtira olmasak, raqibga bosim bera olmaymiz. Raqibdan to'pni olib qo'ya olmasak, bizga juda qiyin bo'ladi, chunki, Buskets hali ham o'sha darajada. Futboldagi barcha muxlislar Leo Messi va Jordi Alba o'rtasidagi bog'liqlikni yaxshi bilishadi va bu har o'yinda takrorlanadi. Maskerano kabi murabbiylarga qarshi biz yoki o'z darajamizni saqlab qolishimiz kerak yoki ular bizni osonlikcha mag'lub qilishadi", - dedi Enrike.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar