"O'ta yuqori sifatli va juda tajribali jamoa. Tarkibida ko'plab buyuk futbolchilar bor va ular bizga katta muammo yarata olishadi. Maqsadimiz - o'z futbolimizni namoyish qilish va mavsum davomidagidek o'ynash.
Bu pley-off, shu sababli xato qilishga haqqimiz yo'q. O'yinning boshidanoq biz bor etiborimizni qaratishimiz va maksimal kuch bilan o'ynashimiz kerak. Bu klublar o'rtasidagi jahon chempionati, bu erda faqatgina eng kuchli jamoalar o'ynaydi. Bu bahsda g'alaba qozonib, oldinga harakatlanishni istaymiz", - dedi Dezire Due.