"Buxoro" - "Sho'rtan" 3:1 LIVE
Gol: 30 - Doniyor Narzullaev. 40 - Asilbek Qayyumov (Shahboz Jo'rabekov), 49 - Frane Chiryak, 87 - Izzatillo Po'latov (Muhammad Yo'ldoshev)
"Buxoro" – "Sho'rtan"
29.06.2025, 20:00
Bosh hakam: Olim To'ychiboev
Yordamchi hakamlar: Shohruh Azimov, Islom Nosirov
Zaxira hakami: Diyor Temirbekov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Komissar: Feruz G'aniev
"Buxoro": 1. Shirinboy Abdullaev, 2. Izzatillo Po'latov, 5. Sardor Qulmatov, 10. Shohruz Norxonov ((19. Bilol Tupliev, 46)), 17. Javohir Ro'ziev (6. Ravshan Hayrullaev72), 25. Frane Chiryak, 27. Muhammad Yo'ldoshev, 33. Yosip Tomashevich , 77. Asilbek Qayyumov ( 88. Dominik Begich,55), 96. Frane Ikich, 97. Shahboz Jo'rabekov (9. Husayn Ergashboev, 90).
Zaxiradagilar: 21. Otabek Boymurodov, 4. Javohir O'tamurodov, , 7. Muhammadsafo Fozilov, 8. Anvarjon Jo'raev, 93. Marko Kolakovich.
"Sho'rtan": 1. Shohruh Eshbo'taev, 3. Shohjahon Sultonmurodov, 4. Ulug'bek Hudoyberdiev, 6. Sirojiddin Qo'ziev, 10. Temur Mamasiddiqov, 15. Jo'rabek Mannonov (11. Daler Sharipov, 85), 19. Nuriddin Hasanov (33. Bekjon Rahmatov, 46), 24. Doniyor Narzullaev, 45. G'anisher Qodirov (9. Shahzod Nematjonov, 46 (8. Shahboz Nuriddinov, 74)), 55. Azizbek Pirmuhammadov, 77. Asadbek Saidxonov (14. Abrorbek Toshqo'ziev, 70).
Zaxiradagilar: 35. Sherzodbek Abduraimov, 22. Sardor Sadullaev, 70. Mirjalol Jumaev, 99. Kamron Saydazimov.
Ogohlantirish: 56 - Javohir Ro'ziev, 90+4 - Frane Ikich, 90+8 - Sirojiddin Qo'ziev, 90+8 - Dominik Begich
Chetlatish: 90+10 - Ulug'bek Hudoyberdiev,
YANGILASH
Uchrashuv yakunlandi
90+10. Ulug'bek Hudoyberdiev chetlatildi
90+8 Begich va Qo'ziev ogohlantirildi
"Buxoro"ning o'yinlarida so'nggi daqiqalarda albatta "ishkallar" ko'p bo'ladi. Mana bugun ham bahsning so'nggi daqiqalarida "jang bo'lmoqda"
90+4. Frane Ikich ogohlantirildi
87. GOOOL. VAR ko'rdi va buxoroliklar ofsaydda emasligi malum bo'ldi. Gol muallifi Po'latov.
Gol hisobga olinsa, yon hakam katta xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi. Sababi yon hakam VAR bo'lishiga qaramasdan bayrog'ini ko'tardi. Buni ko'rgan mehmonlar to'pga yugurishmadi. Bosh hakam esa o'ynashga imkon berdi. Shu tariqa, mezbonlar hech qanday qarshiliksiz gol urishdi. Ko'ramiz...
Hakam VARni eshitmoqda
87. Buxoroliklar gol urishdi, biroq yon hakam ofsayd qayd etdi
85. Sharipov Mannonovning o'rniga maydonga tushdi
81. Mezbonlarda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Begichning zarbasi noaniq ketdi
79. Uchrashuvdagi shiddat ancha pastladi. Mezbonlar yaxshi himoyalanishmoqda. Mehmonlar esa hujum tashkil qilishda muammolar bor
74. Ikkinchi bo'limning boshida maydonga tushgan Nematjonovning o'rniga Nuriddinov maydonga tushdi
72. Ro'ziev uchun uchrashuv yakunlandi. Uning o'rniga Ravshan Hayrullaev maydonga tushdi
70. Toshqo'ziev Saidxonovning o'rniga maydonga tushdi
64. Mehmonlardan navbatdagi hujum. Mamasidiqovning zarbasiga aniqlik etishmadi
58. Asadbek Saidxonovning zarbasi himoyachiga tegdi va burchakka chiqib ketdi. G'uzorliklar burchak zarbasidan foydalana olishmadi
56. Javohir Ro'ziev hakam tomonidan ogohlantirildi
55. Begich Qayumovning o'rniga maydonga tushdi
52. Tupliev yaxshi harakat qildi va zarba yo'lladi. Uning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi
49. GOOOL. Frane Chiryakdan super gol. Legionerning zarbasi shunchaki dahshat chiqdi. Bu zarbani darvozabon olishi juda qiyin edi
46. Rahmatov va Nematjonov maydonga tushdi. Qodirov va Hasanov maydoni tark etdi
46. Tupliev maydonga tushdi. Maydoni Tomashevich tark etdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi
Tanaffus. Birinchi bo'limdan so'ng hisob 1:1
40. GOOOL. Jo'rabekovdan super uzatma va Qayumovdan gol.
36. Javohir Ro'ziev yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi. Biroq yosh futbolchining zarbasi juda noaniq
33. Himoyachining xatosini Eshbo'taev to'g'irlamoqda
30. GOOOL. Doniyor Narzullaev hisobni ochmoqda. Jarimadan uzatilgan to'pni Abdullaev qaytardi. Qaytgan to'pni esa Narzullaev ajoyib tarzda darvozaga joylab qo'ydi
28. Sirojiddin Qo'zievning zarbasi ancha noaniq ketdi
25. Qayumov ikki daqiqaning ichida ikkinchi marta zarba yo'lladi. Uning zarbasi noaniq ketdi
24. Asilbek Qayyumovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi
19. Hozircha mezbonlar uzatmalarda ko'plab xatolarga yo'l qo'yishmoqda va buning natijasida mehmonlar maydon markazidan to'p bilan hujumga o'tishmoqda. Biroq g'uzorliklarda ham hozircha xatoliklar etarli
16. Asadbek Saidxonovning zarbasi juda noaniq ketdi
15. Uchrashuv ancha sokin o'tmoqda. Tomonlarning hech biri hali xavfli vaziyat yaratishmadi
9.Ulug'bek Hudoyberdiev yo'llagan zarbasi himoyachiga tegmoqda
5. Mehmonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Biroq Abdullaev to'pni egallab oldi
Uchrashuv boshlandi