Sergey Chigodaev: "Vaziyatlarimiz juda ham ko'p bo'ldi, lekin ularni golga aylantira olmadik"

  • Mr.NoBoDy 06.07.2025 20:24
  • 48
  • 30

Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda.

Xalqaro turnir. O'zbekiston U-16 ikkinchi o'yinda ham mag'lub bo'ldi

O'zbekiston U-16 terma jamoasi vakillari Xitoyga (1:2)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etishdi.


Sergey Chigodaev:

— Avvalambor, raqiblarimizni bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin qiziq va kurashlar ostida o'tdi. Ikkala jamoa ham ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi. O'yin golgacha bo'ldi, yani kim o'z imkoniyatidan foydalansa g'alaba qozonib ketdi.

Vaziyatlarimiz juda ham ko'p bo'ldi, lekin ularni golga aylantira olmadik. Xatolarimiz bor, o'yinni tahlil qilamiz va kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz. Bu o'yinlar jamoamiz uchun katta tajriba bo'lmoqda.


Ahrorbek Ravshanbekov:

— Afsuski, imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Etarlicha vaziyatlarga ega bo'ldik. Raqibimiz ham yaxshi o'yin ko'rsatdi, biroq biz g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Endi keyingi o'yinda g'alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar