Bellashuv natijasiga ko'ra, tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Shu tariqa mezbonlarning "Nasaf" bilan uydagi o'yinlarda bo'layotgan g'alabasiz seriyasi davom etdi.
Malumot uchun, "Dinamo" so'nggi bor Samarqandda qarshiliklar ustidan 2008 yilgi mavsumda g'alaba qozongan. Abramov esa murabbiy sifatida "Nasaf"ni oxirgi marta 2015 yili "Lokomotiv" boshqaruvida mag'lub etgan. Shunday qilib, na jamoa, na murabbiy uchun "Nasaf"ga qarshi noxush anana bu safar ham o'zgarmadi.
"Dinamo" 2 avgust kuni o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. “Nasaf” esa shu kuni Jizzaxda “So'g'diyona”ga qarshi mehmon sifatida maydonga tushadi.