"Atletiko" yarim himoyachi Rodrigo De Paul faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishi mumkin.
Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida transfer imkoniyatlarini o‘rganish uchun dastlabki aloqalar o‘rnatilgan. Lionel Messi orqali ushbu kelishuv yanada tezlashishi mumkin.
Futbolchi “matraschilar” bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar to‘xtab qolgan. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
O‘tgan mavsumda De Paul "Atletiko" safida jami 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.