Klublar o'rtasidagi JCH. PSJ - "Real" 2:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 10.07.2025 00:24
  • 261
  • 30

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi yarim finali PSJ - "Real" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

PSJ - "Real" 2:0 LIVE

Gollar: Fabian Ruis (6), Usmon Dembele (9).

PSJ: Donnarumma, Mendesh, Beraldo, Markinos, Xakimi, Ruis, Vitinya, Nevesh, Kvaracxeliya, Dembele, Due.

Zaxiradagilar: Safonov, Tenas, Kamara, Li Kan In, Mayulu, Zair-Emeri, Barkolya, Ramush, Mbaye.

Real Madrid: Kurtua, Ryudiger, Asensio, Tchuameni, Vinisius Junior, Garsiya, Garsiya, Gyuler, Bellingem, Valverde, Mbappe.

Zaxiradagilar: Lunin, Karvaxal, Yusi, Militao, Ramon, Vaskes, Dias, Chema, Sebalos, Kamavinga, Martin, Modrich, Munos, Rodrigo.

Match-senterda ochish

YANGILASH

9. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! "Real" himoyasi bugun "o'tirishda" davom etadi. Avvaliga Asensio, endi Ryudigerning qo'pol xatosidan keyin Dembele gol urib ketdi!

6. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! FABIAN RUIS! Hisob ochildi, PSJ mantiqan to'g'ri gol urmoqda, balki bu xato sababli urilgan bo'lsa-da...

5. NIMAAAAA!!! PSJ 100 foizlik vaziyatdan gol ura olmadi. Ortidan "Real" qarshi hujumga o'tib ketdi. Mbappening zarbasi himoyachilardan o'tmadi.

4. ZARBAAAAA!! Fabian Ruisning zarbasini Kurtua qaytardi. O'yindagi ilk xavfli zarba ham parijliklar tomonidan berildi.

3. Uchrashuvdagi ilk zarba Xvicha tomonidan berildi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

2. "Real" hujumga o'tdi va burchak zarbasi ishladi. Standartdan foyda chiqmadi. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Mashhur boks suhandoni Uorren Baffet ham maydonda ko'rinish berdi va bokscha uslubda jamoalarni tanishtirdi. Chiroyli ko'rinish ko'rdik.

- Nihoyat, jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Bahs start olish arafasida.

- Jamoalar maydonga chiqib kelish arafasida jahon futbolining sobiq yulduzlari ekranda ko'rsatilmoqda.

- Bahs 10 daqiqa kechroq boshlanadi. Bunga stadion yaqinida bo'lgan yo'l-transport hodisasi sabab bo'lgani aytilmoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining finalidan oldingi finali startiga oz vaqt qolmoqda!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar