Klublar o'rtasidagi JCH. PSJ - "Real" 3:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 10.07.2025 00:56
  • 102
  • 30

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi yarim finali PSJ - "Real" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

PSJ - "Real" 3:0 LIVE

Gollar: Fabian Ruis (6), Usmon Dembele (9), Fabian Ruis (24).

PSJ: Donnarumma, Mendesh, Beraldo, Markinos, Xakimi, Ruis, Vitinya, Nevesh, Kvaracxeliya, Dembele, Due.

Zaxiradagilar: Safonov, Tenas, Kamara, Li Kan In, Mayulu, Zair-Emeri, Barkolya, Ramush, Mbaye.

Real Madrid: Kurtua, Ryudiger, Asensio, Tchuameni, Vinisius Junior, Garsiya, Garsiya, Gyuler, Bellingem, Valverde, Mbappe.

Zaxiradagilar: Lunin, Karvaxal, Yusi, Militao, Ramon, Vaskes, Dias, Chema, Sebalos, Kamavinga, Martin, Modrich, Munos, Rodrigo.

Ogohlantirish: Tchuameni (29).

Match-senterda ochish

YANGILASH

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

42. "Real" hujumga o'tdi. Valverde o'ng qanotdan to'pni darvoza yonidagi Viniga oshirmoqchi bo'ldi. Fabian Ruis vaziyatni zararsizlantirdi.

40. XVICHAAAAAA!! To'rtinchi gol bo'lishi muqarrar edi, lekin PSJ futbolchisi darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. Qulay vaziyat yuzaga kelgandi.

39. Mbappe jarohat oldi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

37. Dezire Due hujumga o'tayotgandi. Garsiya to'pni raqibidan olib qo'ydi.

Uoter-breyk. Tomonlar suv ichib olishlari uchun taym-aut berildi.

30. PSJ hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pni himoyaga qaytgan Bellingem maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan PSJ samara chiqara olmadi.

29. Tchuameni ogohlantirildi.

Dahshat! Shunchaki dahshat! Luis Enrike qanday jamoa yaratdi? U qanday qilib shu darajaga etdi. Bu PSJning tengi yo'q.

24. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! PSJ uchinchisini, Fabian Ruis ikkinchisini urdi. "Real" himoyasi bugun "proval" holatda.

23. Mbappe PSJ darvozasi tomon zarba yo'lladi. Uning tepgan to'pi Markinosga tegib, Donnarummaning qo'llariga borib tushdi.

21. UXXXXX!! Vinisius zo'r holatga chiqib borayotgandi. Biroq u Beraldoning tezligiga ojiz qoldi va to'pni osonlik bilan oldirdi.

Aytgancha, bugun Mbappe PSJga qarshi, Hakimi esa "Real"ga qarshi o'ynamoqda.

20. Ashraf Hakimining zarbasi noaniq ketdi.

18. Xvicha chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvozaga zarba berdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

16. Dezire Due hujumga o'tayotgandi. Fran Garsiya to'pga ulgurdi va Due fol ishlatishga majbur bo'ldi.

13. Sokin tempda ham PSJ katta ustunlik qilmoqda. "Real"ning ushbu turnirdagi ilk mag'lubiyati oxirgisi ham bo'ladi shekilli.

12. O'yin sokinlanib qoldi.

9. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! "Real" himoyasi bugun "o'tirishda" davom etadi. Avvaliga Asensio, endi Ryudigerning qo'pol xatosidan keyin Dembele gol urib ketdi!

6. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! FABIAN RUIS! Hisob ochildi, PSJ mantiqan to'g'ri gol urmoqda, balki bu xato sababli urilgan bo'lsa-da...

5. NIMAAAAA!!! PSJ 100 foizlik vaziyatdan gol ura olmadi. Ortidan "Real" qarshi hujumga o'tib ketdi. Mbappening zarbasi himoyachilardan o'tmadi.

4. ZARBAAAAA!! Fabian Ruisning zarbasini Kurtua qaytardi. O'yindagi ilk xavfli zarba ham parijliklar tomonidan berildi.

3. Uchrashuvdagi ilk zarba Xvicha tomonidan berildi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

2. "Real" hujumga o'tdi va burchak zarbasi ishladi. Standartdan foyda chiqmadi. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Mashhur boks suhandoni Uorren Baffet ham maydonda ko'rinish berdi va bokscha uslubda jamoalarni tanishtirdi. Chiroyli ko'rinish ko'rdik.

- Nihoyat, jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Bahs start olish arafasida.

- Jamoalar maydonga chiqib kelish arafasida jahon futbolining sobiq yulduzlari ekranda ko'rsatilmoqda.

- Bahs 10 daqiqa kechroq boshlanadi. Bunga stadion yaqinida bo'lgan yo'l-transport hodisasi sabab bo'lgani aytilmoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining finalidan oldingi finali startiga oz vaqt qolmoqda!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar