"PSJ" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalining birinchi bo‘limidan keyin "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etdi - 3:0.
Uchrashuvning dastlabki 45 daqiqasida Fabian Ruis dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Usmon Dembele hisobiga yozildi.
Ushbu uchrashuv g‘olibi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida seshanba kuni "Fluminense"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.