23 yoshli Malik Tillmanning shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan. Nemis klubi xavbek uchun PSVga 35 mln evro tovon puli to'ladi, deya xabar bermoqda insayder Florian Plettenberg.
Tillman Niderlandiya chempionatining o'tgan mavsumida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning hisobida AQSH terma jamoasi safida 22 ta o'yin bor.