"Arsenal" "Barselona" yarim himoyachisi uchun kurashga qo'shildi

  • Mr.NoBoDy 12.07.2025 19:00
  • 78
  • 30

"Arsenal" "Chelsi" bilan bir qatorda "Barselona"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Mark Kasadoga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda. Manba malumotiga ko'ra, ispaniyalik futbolchining shartnomasida 100 million evro miqdoridagi tovon puli mavjud. Biroq, "Barselona" joriy yozda sotuvlar zarurati tufayli o'yinchi narxini pasaytirishi mumkin. "Chelsi" Kasadoni Romeo Lavianing o'rnini bosuvchi sifatida ko'rmoqda. "Arsenal" esa futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun "Chelsi" bilan kurash olib boradi. 

Kasado "Barselona" akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar