13 iyul, yakshanba kuni AQSH mezbonligida o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda "Chelsi" "PSJ"ga qarshi maydonga chiqadi.
FIFA ushbu o‘yinni boshqarib boradigan hakamlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, bosh hakam asli Eronda tug‘ilgan, Avstraliya fuqarosi Alirizo Fag‘oniy bo‘ladi. Unga qanotlarda Anton Shchetinin va Eshli Becham yordam beradi. 4-hakam Fakundo Telyo (Argentina). Zaxira hakami - Gabriel Chade (Argentina).
VARga Bastian Dankert (Germaniya) javobgar bo‘ladi.