Eldor Shomurodov nega aynan "Istanbul Bashakshehir"ni tanladi?

  • Mr.NoBoDy 12.07.2025 21:48
  • 81
  • 30

"90minutuz" podkastining navbatdagi mehmoni O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bo'ldi.

Podkast mualliflaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev tajribali hujumchidan Evropadan Evrosiyoga ko'chib o'tishiga nima sabab bo'lgani bilan qiziqdi.

"To'g'risini aytsam, avvalo, 30 yoshga kirganimni takidlab o'tishim joiz. Endi faqat futbol emas, faoliyatim yakuni va moliyaviy tomonni inobatga olishim kerak. 

BAA va Qatardan aniq takliflar bor edi. Meni o'ylantirgan narsa oldimizdagi Jahon chempionati bo'ldi. O'ylashimcha, aynan Turkiya chempionati o'rtamiyona darajada. BAAdan kuchliroq, Italiyadan sal orqada. 

Bundan tashqari, "Istanbul Bashakshehir" Konferenciyalar Ligasida qatnashishini inobatga oldim. Turkiyaning kattaroq jamoalaridan ham takliflar bor edi, biroq "Istanbul Bashakshehir" yosh klub ekanligi va infrastrukturasidan kelib chiqib shu jamoani tanladim. Bu erda boshqa jamoalarga qaraganda bosim kamroq va menda aniq etarlicha o'yin amaliyoti bo'ladi. Xudo xohlasa, jarohatlarsiz o'ynab tursak, bu Jahon chempionati uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Har taraflama qulay kelishuvga erishdik", – dedi Shomurodov.

"90minutuz" podkasti to'liq holda:

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar