"Arsenal" muxlislari Madueke transferiga qarshi chiqishmoqda

  • Mr.NoBoDy 12.07.2025 18:16
  • 57
  • 30

"Arsenal" muxlislarining bir qismi Noni Maduekening transferiga qarshi chiqdi.

Avvalroq, 23 yoshli qanot futbolchisi 48,5 million funt sterling evaziga "Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tish arafasida ekanligi malum bo'lgandi.

4000 dan ortiq kishi imzolagan peticiya tuzildi va #NoToMadueke (#MaduekegaYo'q) heshtegi ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Bundan tashqari, nomalum shaxslar "Emireyts" stadioni yaqinidagi devorga "Arteta ketsin" degan suratlarni chizishdi.

So'nggi yillarda "Arsenal" "Chelsi"dan olti nafar o'yinchini o'z safiga qo'shib olgan va Madueke ushbu transfer oynasida darvozabon Kepa Arrisabalagadan keyin ikkinchi transfer bo'ladi. BBC’ning takidlashicha, ayrim muxlislar "Arsenal" yanada taniqli futbolchilarni jalb qilishga intilishi kerak, deb hisoblashmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar