"Barselona"ga "Chelsi" forvardi kerak

  • Mr.NoBoDy 12.07.2025 22:40
  • 72
  • 30

"Barselona" Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Nikolas Jeksonni ijaraga olish haqida o'ylamoqda.

Kataloniya klubida senegallikni yoshi katta Robert Levandovski uchun ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Polyak bu yozda 36 yoshga to'ldi.

Londonliklar Jeksonni 50 mln evroga baholamoqda. Biroq, "Barsa" katta transferdan qochmoqchi va ijara variantini muhokama qilishni maqul ko'radi.

24 yoshli hujumchi 2023 yilning yozida "Chelsi"ga o'tgandi. U 2024/25 yilgi mavsum "ko'klar" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jeksonning "Chelsi" bilan shartnomasi 2033 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar