Hujumchi “Fenerbaxche“ga o'tishga rozilik berdi. 30 yoshli futbolchi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan suhbatdan so'ng ushbu qarorga kelgan.
Turkiya klubi hujumchining transferiga taxminan 20 million evro to'laydi. Belgiyalik futbolchining o'zi bilan esa uch yillik shartnoma tuziladi.
Malumot uchun, Trossard “Arsenal“da 2023 yilning yanvaridan beri harakat qilib keladi. U o'tgan mavsum 56 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 tadan gol va golli uzatma bor.