Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

  • Mr.NoBoDy 12.07.2025 23:11
  • 57
  • 30

FIFA prezidenti Janni Infantino 2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati final bahsida AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp shaxsan ishtirok etishini ma’lum qildi. Hal qiluvchi bellashuvda Angliyaning “Chelsi” klubi Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Prezident Tramp finalda qatnashadi. U futbolni juda yaxshi ko‘radi. U birinchi marta prezidentlikka saylanganda, Oq uy bog‘iga futbol darvozalari o‘rnatilgan edi. Tramp — futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgan davlatlardan biri — AQSH prezidenti. U Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini qo‘llab-quvvatlagan ilk shaxslardan biri. Bunday yirik musobaqalar aynan shunday liderlarning yordamisiz amalga oshishi mumkin emas", — deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

Ma’lumot uchun, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finali 13 iyuldan 14 iyulga o‘tar kechasi, AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi “MetLife” stadionida bo‘lib o‘tadi. 82 566 tomoshabinga mo‘ljallangan ushbu arenada o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar