"Liverpul"ga Rodrigo qiziq. "Real" vingeri transferi Dias ketgan taqdirdagina amalga oshadi

  • Mr.NoBoDy 13.07.2025 14:16
  • 96
  • 30

"Liverpul" Rodrigoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Mersisaydliklar "Real" vingeri uchun kurashda "Arsenal" va "Bavariya"ga qo'shilgan.

Shu bilan birga, Madrid klubi hozircha futbolchi bo'yicha hech qanday taklif olgani yo'q.

"Liverpul" har qanday qaror qabul qilishdan oldin Luis Diasning kelajagi haqida bir qarorga kelmoqchi. Kolumbiyalik futbolchi katta ehtimol bilan klubni tark etadi - unga "Barselona" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

RMC Sport jurnalisti Sasha Tavolerining malum qilishicha, "Liverpul" Dias ketgan taqdirdagina Rodrigo bilan shartnoma imzolaydi.

Ўхшаш янгиликлар