"Chelsi" - PSJ 3:0 LIVE
Gollar: Palmer (22. 30), Pedro (43).
"Chelsi": Sanches, Gyusto, Chaloba, Koluill, Kukurelya, Jeyms, Kaysedo, Fernandes, Palmer, Joao Pedro.
PSJ: Donnarumma, Xakimi, Markinos, Beraldo, Mendesh, Nevesh, Vitinya, Ruis, Dembele, Due, Kvaracxeliya.
Ogohlantirish: Neto (35), Kaysedo (36), Gyusto (40).
YANGILASH
Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.
45. PSJ hujumga o'tayotgandi. Markazdan uzatilgan to'pni Chaloba qaytarib yubordi va to'p Sanchesga borib tushdi.
43. GOOOOOOOOLLLL!!! 3:0! UCH NOL! Pedro-Pedro-Pedro-Pe! "Chelsi" bugun PSJni ko'rmayapti!
42. Desire Due burchak zarbasi ishlagandi. Nominal mehmonlar bundan samara chiqara olmadi. Bugun PSJni biz tanimayapmiz.
40. Qandaydir 5 daqiqada "Chelsi"ning bir yo'la 3 futbolchisi sariq kartochka ishlab oldi.
37. PSJ markazdan hujumdagi Ruiz tomon to'pni uzatdi. Sanches to'pni tepib yubordi.
36. Kaysedo ham sariq kartochka oldi.
34. Pedro ogohlantirildi. Ko'p gapirmaslik kerak edi.
33. "Chelsi" xavfli hujum uyushtirishi mumkin edi. Pedro Netoning pasi "neto" ketdi va hujum to'xtadi.
30. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! PAL-MEEEERRRRR!!! Sovuqqina suv quyib yubordi parijliklarga! O'sha uslub, o'sha gol, faqat bu ikkinchisi!
25. O'yin sokinlashgan payt Fag'oni ham sokinlashib, suv ichib olishga vaqt berdi.
22. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! "Chelsi" hisobni ochdi! Palmer sovuqqina gol urdi!
18. ZARBAAAAAAA!! Due bu safar zarba yo'lladi. Yaqin burchakka. Chiroyli seyv.
16. UXXXXXXXX!!! PSJ yaqqol golli vaziyatni ko'kka sovurdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Due darvozaga tepsa bo'lardi, biroq u markazdagi sherigiga to'pni oshirdi. Himoyachi esa to'pni olib qo'ydi.
13. Kukurelya Duega qarshi qo'pol o'ynadi va hushtak chalindi.
Donald Tramp ham uchrashuvni maydondan kuzatib bormoqda
8. "Kold" Palmerning zarbasi noaniq ketdi. O'yindagi ilk xavfli vaziyat yuzaga keldi.
6. UXXXX!! Gyusto o'ng qanotda to'p bilan paydo bo'ldi va darvoza yoniga oshirdi. Lekin himoyachilar to'pni qaytarib yubordi. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi.
5. PSJ hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pga birinchi bo'lib Koluill etib keldi va darvozaboniga oshirib berdi.
3. "Chelsi" yana bir vaziyatga ega bo'lishi mumkin edi. Joao Pedro ofsaydda qolib ketdi.
2. "Chelsi" ilk daqiqalarni hujumkor boshladi. Biroq burchak zarbasidan samara chiqmadi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Maykl Baffer yana yashil maydonda. Afsonaviy ovoz va afsonaviy sahna. Chiroyli chiqish bo'ldi.
- Bahs kutilganidek 00:00da start olmadi.
- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
- Hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun biz keyingi 4 yillik uchun eng kuchli jamoa nomini bilib olamiz. Maydonda "Chelsi" va PSJ jamoalari saf tortmoqda.